Alisher Tojidinov

Performance marketolog

AQSh va O'zbekistondagi kompaniyalarga reklama orqali lid olib kelaman. Strategiyadan tortib reklama va haftalik hisobotgacha hammasini o'zim qilaman.

Wolfcity'da bitta lid narxini $105 dan $25 ga tushirdim. $3 275 lik reklama 128 ta lid olib keldi.

Wolfcity'da bitta lid narxi

$105 oldin

$25 keyin

2 500+ B2B lid

Yangi loyihalar olyapman

  • 5 yilMarketingda ishlayman.
  • $55 000+Reklama byudjetini boshqarganman.
  • 2 500+B2B lid olib kelganman.
  • 70–80%Lid sifati

Natijalar

Silk Road Professionals

IT kompaniya

1 200+ 1 yilda B2B lid

Kompaniyada marketing bo'limi yo'q edi. Bo'limni noldan yig'ib, 5 kishilik jamoani boshqardim. Jamoa bilan LinkedIn orqali AQShdagi kompaniyalarning rahbarlariga chiqdik.

  • Bir yilda 1 200 dan ortiq B2B lid oldik.
  • Lid sifati 80% dan yuqori.
  • Saytga kiradiganlar soni 10 baravar oshdi.
Lavozim
Marketing direktor
Muddat
2024 – 2025
  • Jamoa boshqaruvi
  • LinkedIn Sales Navigator
  • CustDev
  • Strategiya

Ozodbek Saidov

Outsource buxgalteriya xizmati

876 B2B lid

Tadbirkorlarni qiynaydigan soliq tekshiruvi va hujjatlar haqida offer va video ssenariylarni o'zim yozib, reklamaga qo'ydim.

Reklama byudjeti
$7 500
Lidlar
876
Lid narxi
$9
Lid sifati
72–80%
  • Boshida bitta lid $11 ga tushardi, hozir $4–5 ga tushyapti.
  • Ozodbek endi reklamaga $100 sarflab, 20–25 ta lid oladi.
  • Telegram kanalga 600 dan ortiq, Instagram'ga 4 000 dan ortiq obunachi qo'shildi.
Lavozim
Performance marketolog
Muddat
2026-yil maydan hozirgacha
  • Meta Ads
  • Offer
  • Video ssenariy
  • O'zbekiston B2B

Yusuf

Trucking kompaniyalariga buxgalteriya va moliya xizmati

99 900 reklamasiz 1 oyda ko'rish

Instagram sahifasi uchun kontent reja tuzib, Reels ssenariylarini yozdim. Keyin reklamani ishga tushirdim.

Reklama byudjeti
$3 500
Lidlar
129
Lid narxi
$27
Lid sifati
80%
  • Sahifa reklamasiz bir oyda 99 900 marta ko'rildi.
  • Birinchi mijozlar reklamaga bir dollar ham sarflanmasdan keldi.
Lavozim
Prodyuser va performance marketolog
Muddat
2026
  • Shaxsiy brend
  • Reels ssenariy
  • Organik o'sish
  • Meta Ads
AQSh

IS Dispatch Service

Dispatch xizmati

$15 bitta lid narxi

Reklama byudjeti
$1 900
Lidlar
123
Lid narxi
$15
Lid sifati
80%
Lavozim
Performance marketolog
  • B2B
  • AQSh bozori
  • Trucking
AQSh

RV ELD

Trucking kompaniyalariga ELD xizmati

$18 bitta lid narxi

Reklama byudjeti
$900
Lidlar
50
Lid narxi
$18
Lid sifati
70%
Lavozim
Performance marketolog
  • B2B
  • AQSh bozori
  • Trucking
O'zbekiston

Jetour, Zeekr, Avatr, Voyah avtosalonlari

Avtosalonlar, agentlik loyihasi

$3 000 21 kunda tejaldi

Reklama hisobini tekshirib, avtosalon har to'lovga ortiqcha 12 foiz soliq to'layotganini topdim. Facebook'da biznes ma'lumotlarini to'ldirib, bu to'lovni to'xtatdim.

  • Avtosalon 21 kunda $3 000 tejadi va buning uchun bir dollar ham ortiqcha sarflamadi.
  • Bitta lid bir oyda 25 foiz arzonga tusha boshladi.
  • Lid sifati — 60%.
Lavozim
Agentlikda marketolog
Muddat
2025
  • Meta Ads
  • Reklama auditi
  • B2C
  • 4 ta brend
  • $17 000+ byudjet

Shauroom

Fast food

500 000 birinchi oyda ko'rish

Yangi ochilgan sahifa uchun strategiya tuzib, brendni raqobatchilardan ajratib turadigan jihatni belgiladim.

  • Sahifa birinchi oyda reklamasiz 500 000 marta ko'rildi.
Lavozim
Marketolog
  • Brend strategiyasi
  • Pozitsiyalash
  • Organik kontent

Har bir xizmatga offer, video ssenariy va haftalik hisobot kiradi.

  • Meta Ads
  • LinkedIn
  • Telegram Ads

Xizmatlar

  • Meta Ads

    Facebook va Instagram'da lid olib keladigan reklama qilaman.

  • LinkedIn Ads va Sales Navigator

    AQShdagi kompaniyalarning rahbarlariga reklama ko'rsataman yoki to'g'ridan-to'g'ri yozaman.

  • Telegram Ads

    O'zbek va rus tilida gaplashadigan tadbirkorlarga Telegram kanallarida reklama beraman.

Narxni qisqa suhbatdan keyin aytaman.

Qanday ishlayman

  1. Reklama kabinetingiz va saytingizni audit qilaman.

  2. Mijozlaringiz va sotuv bo'limingiz bilan gaplashaman.

  3. Kimga va nima taklif qilishimizni birga hal qilamiz.

  4. Reklamani kichik pul bilan sinab ko'raman, yaxshi ishlaganiga byudjet qo'shaman.

  5. Har hafta qancha pul ketgani va nechta lid kelganini yozib yuboraman.

Tajriba

YillarKompaniyaLavozim
2026WolfcityPerformance marketolog
2025 – 2026Marketing agentlikMarketolog
2024 – 2025Silk Road ProfessionalsMarketing direktor
2024ProeComMarketolog assistent
2024Profi UniversityMarketolog assistent
2022 – 2024NOOR Marketing AgencyTop menejer, SMM menejer

Toshkentdagi INHA universitetida Software Engineering bo'yicha o'qiganman, ingliz tilini B2 darajada bilaman.

Aloqa

Marketingdagi muammongizni va biznesingiz haqida qisqacha ma'lumot yozing.

Loyiha asosida ham, jamoaga qo'shilib ham ishlashga tayyorman.

Telegram'da yozish